Maxfiylik siyosati
Yangilangan sana: 2026-yil 14-noyabr
Qanday maʼlumotlar yigʻiladi
Kirishda Telegramdagi ochiq profilingiz (ID, ism, foydalanuvchi nomi, rasm); siz kiritgan oʻyinchi ID va buyurtma maʼlumotlari; ixtiyoriy email; xavfsizlik uchun texnik maʼlumotlar (IP manzil, qurilma turi).
Nima uchun
Buyurtmalarni bajarish, firibgarlikning oldini olish, yordam koʻrsatish va ruxsat bersangiz — Telegram bot orqali xabar yuborish uchun.
Maʼlumot uzatish
Yetkazish uchun zarur oʻyinchi maʼlumotlari yetkazib beruvchilarga uzatiladi. Toʻlov maʼlumotlarini toʻlov provayderlari qayta ishlaydi — karta raqamini toʻliq koʻrmaymiz.
Saqlash muddati
Buyurtma va toʻlov yozuvlari hisob-kitob va nizolarni koʻrib chiqish uchun zarur muddatda saqlanadi. Hisobingizni oʻchirishni support@vibox.uz orqali soʻrashingiz mumkin.